Yangilik haqida batafsil

Farg’ona filialida Navro‘z bayrami munosabati bilan "Osh musobaqasi" bo'lib o'tdi.
Farg’ona filialida Navro‘z bayrami munosabati bilan “Har kuning bo‘lsin Navro‘z” shiori ostida mart oyi malaka oshirish kursi tinglovchilaridan jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari va trenerlar guruhlari o'rtasida "Osh musobaqasi" bo'lib o'tdi.
Ushbu musobaqada guruhlardan eng mohir oshpaz tinglovchilar o'z uslublarida osh tayyorlab, turli nominatsiyalar bo'yicha  g'oliblik uchun bellashdilar.
Musobaqa g’oliblari "Eng mohir oshpaz", "Eng tejamkor oshpaz",  "Eng qo'li gul oshpaz", "Eng chaqqon oshpaz",  "Eng faol oshpaz",  "Eng ibratli oshpaz",  "Eng yaxshi murabbiy oshpaz", "Eng fidokor oshpaz" nominatsiyalari bo'yicha hamda  I,II,III o'rinlar bo'yicha diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.