Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida Navro'z ayyomi munosabati bilan sport musobaqalari o'tkazildi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida Navro'z bayrami munosabati bilan sport targʻibotchisi M.Neʼmatov tomonidan tinglovchilar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
Musobaqalar “Tosh koʻtarish”, “Arqon tortish” , "Gimnastika yakkaxodasi (turnik), "Voleybol", "Darts" bellashuvlari bo‘yicha oʻtkazildi.  Ushbu sport musobaqalari koʻtarinki ruhda va qizgʻin bahs, munozaralarga boy tarzda oʻtdi. Musobaqa g’olib va sovrindorlari I,II,III darajali diplomlar bilan taqdirlandi.