Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida navbatdagi xorijiy til savodxonligi darsi tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi R.O‘rinov tomonidan filial professor-o'qituvchilari va xodimlari uchun navbatdagi xorijiy til savodxonlik darsi tashkil etilib, unda qatnashuvchilar ingliz tilini zamonaviy innovatsion texnologiyalar va turli pedagogik metodlar orqali erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini oshirdilar.

