Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida navbatdagi xorijiy til savodxonligi darsi tashkil etildi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi R.O‘rinov tomonidan filial professor-o'qituvchilari va xodimlari uchun “Teacher working together: A Successful community of practice” nomli savodxonlik darsi tashkil etilib, unda qatnashuvchilar ingliz tilini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va turli interfaol metodlar orqali erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini oshirdilar.
Qatnashchilar savodxonlik darsi davomida o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.


