Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida navbatdagi xorijiy til savodxonligi darsi tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi R.O‘rinov tomonidan filial professor-o'qituvchilari va xodimlari uchun navbatdagi xorijiy til savodxonlik darsi tashkil etilib, unda qatnashchilar ingliz tilini o‘rganish jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish hamda  chet tilini o’rganishning o’qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish kabi ko‘nikmalari haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Qatnashchilar savodxonlik darsi davomida o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.