Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida navbatdagi xorijiy til savodxonligi darsi tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida joriy yilning 14-mart kuni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi R.O‘rinov tomonidan filial professor-o'qituvchilari va xodimlari uchun navbatdagi xorijiy til savodxonlik darsi tashkil etilib, unda sport sohasida qo’llaniladigan atamalar ma'nolari shuningdek, dars jarayonlarida xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib turli zamonaviy interfaol metodlarni qo’llash orqali tinglovchilarning bilim, ko‘nikma  va  malakalarni rivojlantirishga oid tushunchalar berib o‘tildi. 
Qatnashchilar savodxonlik darsi davomida mavzu yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.