Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida navbatdagi xorijiy til savodxonligi darsi tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida xodimlarning xorijiy tillarni o‘zlashtirishi uchun haftaning har juma kuni “Ingliz tili savodxonligi” darslarini tashkillash rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan joriy yilning 17-fevral kuni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi R.O’rinov tomonidan filial xodimlari uchun savodxonlik darsi tashkil etilib, unda xodimlar ingliz tilidagi zamonaviy adabiyotlardan foydalanish va ularni o‘z faoliyatiga tadbiq etish, ingliz tilida yangi so‘zlarni o‘rganish, ularning talaffuzi va grammatik strukturasi haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.



