Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi
Joriy yilning 6-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida xotin-qizlarni ishlashga bo‘lgan munosabatini yanada oshirish maqsadida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Psixologik treningni "Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar" kafedrasining "Sport psixologiyasi" fani o‘qituvchisi Shahnoza Kurbonova tomonidan xotin-qizlarimizning kayfiyatlarini ko'tarish, ishlashga bo‘lgan munosabatlarini yanada oshirish, hafta davomida yig‘ilgan charchoqlarni unitish maqsadida dam olish daqiqasi tashkil etildi. 
Seminar treningda dam olish, hordiq chiqarish — charchoqni yozadigan, kuch-quvvatni asliga keltiradigan, ish qobiliyatini tiklashga yordam beradigan mashqlardan foydalanildi.