Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.
Joriy yilning 20-aprel kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “Shaxs shakllanishida psixologik treninglarni ahamiyati” mavzusidagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Psixologik treningni “Sport psixologiyasi” fani  o‘qituvchisi N.Toshboltayeva olib bordi.  “Shaxs shakllanishida psixologik treninglarni ahamiyati” mavzusidagi seminar-treningda sport turlari bo‘yicha trenerlar yo‘nalishi “Shaxmat” guruhi tinglovchilari qatnashdilar. Treningda “O‘z o‘rningni top”, “Idrok xaritasi”, “Juftlik asosida tanishuv” mashqlaridan foydalanildi.