Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi
Farg‘ona filiali professor- o‘qituvchilari, kafedra mudirlari, tinglovchilari ishtirokida Farg‘ona Davlat Universiteti “Jismoniy madaniyat” fakulteti Professori Sh.X.Xankeldiyev tomonidan “Jismoniy tarbiya fanini takomillashtirishda yangi innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida seminar-trening tashkillandi.
Professor Sh.X.Xankeldiyev jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, sport, jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy takomillashtirish borasidagi fikr mulohazalarini amaliy ravishda ko‘rsatib berdi.
Bundan tashqari u o‘z ma’ruzasida jismoniy tarbiya fanini takomillashtirishda yangi innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.
Seminar qatnashchilari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga Sh.X.Xankeldiyev atroflicha javob berdi.


