Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida navbatdagi seminar tashkillandi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan yangi loyiha “Lider-trener” yigirma qadam dasturi asosida, "Tizimli va maqsadli yondashuv orqali yetakchilik va trener ko‘nikmalarini rivojlantirish" mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarni "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi o‘qituvchi M.Maxamadjonov olib bordi.
Seminarda ushbu dolzarb savollarga javob olindi.
1. Lider-Trener loyihasining maqsadi va mazmuni nima?
2. Istiqbollik strategiyalari va metodikalar qanday rivojlanadi va amalga oshiriladi?
3. Loyihaning amaliyotga o‘tish bosqichlari qanday tartibga solingan?
4. Loyihaning amaliyot natijalari qanday baholangan va o‘zgartiriladi?
5. Lider-Trener loyihasining qo‘llanish sohasida muvaffaqiyati qanday ta’minlangan?

