Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida navbatdagi onlayn ochiq dars tashkil etildi.

Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali “Sport psixologiyasi va ijtimoiy-gumanitar, tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi katta  oʻqituvchisi  Kurbonova Shaxnoza Nimadovnaning “Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari” malaka oshirish yoʻnalishi “4-guruh” tinglovchilariga “Yosh davrlar psixologiyasida tadqiqot metodlarni tashkil etish va ilmiy asoslash” mavzusida ochiq darsi boʻlib oʻtdi. 
Ochiq dars davomida tinglovchilar mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldi.