Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida navbatdagi kompyuter savodxonligi darsi tashkillandi

Joriy yilning 27-mart kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialning “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va  tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi o'qituvchi M.Q.Mamajonov tomonidan Sun’iy intellektning asosiy turlari va imkoniyatlari, boshqa sun’iy intellektlardan farqi haqida kompyuter savodxonligi darsi o‘tkazildi. 
Davra suhbatida filial rahbariyati, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar va xodimlari ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida sun’iy intellektning bugungi kundagi ahamiyati, uning jahon va mahalliy miqyosdagi rivoji, foydalanuvchilar uchun taqdim etayotgan imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, sun’iy intellektning turli sohalarda, ta’lim va sportdagi o’rni haqida so‘z yuritildi.