Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida navbatdagi "Kompyuter savodxonligi" darsi tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Q.Mamajonov tomonidan filial professor-o'qituvchilari va xodimlari uchun navbatdagi "Kompyuter savodxonligi" darsi tashkil etilib, unda qatnashchilar maxsus veb ilovalar va ularning qo'shimcha imkoniyatlari haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Qatnashchilar savodxonlik darsi davomida o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.


