Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida navbatdagi "Kompyuter savodxonligi" darsi tashkil etildi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Q.Mamajonov tomonidan filial professor-o'qituvchilari va xodimlari uchun navbatdagi "Kompyuter savodxonligi" darsi tashkil etilib, unda qatnashchilar zamonaviy elektron axborot almashish dasturlari, elektron pochta va interaktiv xizmatlar haqida umumiy ma’lumotga ega bo‘ldilar.