Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida navbatdagi kitoblar yarmarkasi tashkillandi
Fargʻona filialida Axborot-resurs markazi boʻlimi boshligʻi G.Matkarimova tomonidan iyun oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Kitoblar yarmarkasi” tashkil etildi.
Shuningdek, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish hamda sog‘lomlashtirish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida mazkur yo‘nalishga oid adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil qilinib, ularda yoritilgan mavzularning mazmun-mohiyati tinglovchilarga keng tushuntirildi. Tadbir davomida sog‘lom turmush tarzining afzalliklari, muntazam jismoniy faollikning inson salomatligiga ta’siri hamda sog‘lom ovqatlanish madaniyatiga oid tavsiyalar haqida ma’lumotlar berildi.


