Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida navbatdagi kitoblar yarmarkasi tashkillandi

O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2026-yil 15-yanvar kungi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–9-son qarori ijrosini ta’minlash  maqsadida Fargʻona  filialida filial Axborot resurs markazi boʻlimi  boshligʻi G.Matkarimova  tomonidan aprel oyi malaka oshirish kursi  tinglovchilari uchun  “Kitoblar yarmarkasi”  o‘tkazildi.
Yarmarkada tinglovchilar filial kutubxonasidan joy olgan  adabiyotlar, o‘quv-qo‘llanma  va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar  hamda  jismoniy tarbiya va sportga oid, jahon adabiyoti , siyosiy va badiiy adabiyotlar joylangan QR-kodli elektron kitob stendlari bilan ham tanishtirildi.