Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida navbatdagi kitoblar ko'rgazmasi tashkillandi

Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi  “Kitob  mahsulotlarini  chop  etish  va  tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik  madaniyatini  oshirish  hamda  targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-3271-sonli qarori ijrosini taʼminlash  maqsadida Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini  oshirish instituti Fargʻona  filialida filial Axborot resurs markazi boʻlimi  boshligʻi G.Matkarimova  tomonidan joriy yilning 9-iyun sanasida iyun  oyi malaka oshirish kursi  tinglovchilari uchun  “Kitoblar koʻrgazmasi”  tashkil etildi. 
Ko‘rgazmada tinglovchilar filial kutubxonasidan joy olgan  adabiyotlar, o‘quv-qo‘llanma  va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar  hamda  jismoniy tarbiya va sportga oid, jahon adabiyoti , siyosiy va badiiy adabiyotlar joylangan QR-kodli elektron kitob stendlari bilan ham tanishtirildi.