Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida navbatdagi ingliz tili savodxonligi darsi tashkil etildi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi R.O‘rinov tomonidan filial professor-o'qituvchilari va xodimlari uchun ingliz tili savodxonlik darsi tashkil etilib, unda chet tilni egallashning Umumyevropa kompetensiyasi, CEFR tizimi haqida tushunchalar berilib, qatnashuvchilar savodxonlik darsi davomida o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.


