Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida Muxammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabat bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkillandi.
Agar Muhammad Yusuf she’rlarini jamlab, bir nom bilan umumlashtirsa, uni “O’zbek xalqiga qasida” deb atash mumkin bo’lar edi. Chunki har bir she’r misrasi ortida O’zbek, uning dardi, quvonchi, tashvishi, mehri, orzu-umidlari, butun hayoti gavdalanadi. Uning har bir so’zi she’r edi, inson qalbining tub-tubidagi dardini topib yoza olardi. Shoirning yuragi xalq yuragi bilan hamohang urardi.
Joriy yilning 26-aprel sanasida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari, kafedra mudirlari, axborot- resurs markazi bo‘limi boshlig‘i ishtirokida Oʻzbekiston xalq shoiri Muxammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabat bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkillandi.


