Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar internat uyi tarbiyalanuvchilari uchun “Mehr ko‘rsat, umid ulash!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Joriy yilning 17-yanvar kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “Mehr ko‘rsat, umid ulash!” shiori ostida  Farg‘ona “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar  internat uyi tarbiyalanuvchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 
Tadbirda “Muruvvat” uyi tarbiyalanuvchilari o‘z konsert dasturlari bilan qatnashdilar. Filial jamoasi va tinglovchilar tomonidan “Muruvvat” uyi tarbiyalanuvchilariga sovg‘alar ulashildi.