Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida mini stadion qurilish-ta'mirlash ishlari yakuniy bosqichda…
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali hududidagi mavjud futbol maydonini zamonaviy koʻrinishga keltirish loyihasi doirasidagi qurilish-ta'mirlash ishlari yakuniy bosqichga keldi. Shu munosabat bilan filial direktori A.Tishabayev filial ma’muriyati va mas’ul xodimlarga qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniy bosqichi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib, mini-stadion ochilish marosimiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

