Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida mini-stadion ochilish marosimiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda…
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali hududidagi mavjud futbol maydonini zamonaviy koʻrinishga keltirish loyihasi doirasidagi qurilish-ta'mirlash ishlari yakunlanib, mini-stadion ochilish marosimiga tayyorgarlik yuzasidan filial hududi va mini-stadion atrofini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Shuningdek, hududda manzarali archa ko‘chatlari ekildi.



