Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida masofaviy ta’lim platformasidan foydalanish bo‘yicha onlayn davra suhbati tashkil etildi
O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida tinglovchilarning masofaviy ta’lim jarayonidagi ishtirokini yanada samarali tashkil etish maqsadida filial “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etish” bo‘limi tomonidan masofaviy shakldagi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “Filial masofaviy ta’lim platformasi va undan samarali foydalanish” mavzusida onlayn davra suhbati tashkil etildi.

