Yangilik haqida batafsil
Farg’ona filialida mart oyi malaka oshirish jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari va trenerlar guruhlari o'rtasida filial birinchiligi musobaqalari bo'lib o'tdi.
Farg’ona filialida Navro‘z bayrami munosabati bilan “Har kuning bo‘lsin Navro‘z” shiori ostida Arqon tortish, Tosh ko'tarish, Armrestling va Darts bo'yicha mart oyi malaka oshirish kursi tinglovchilaridan jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari va trenerlar guruhlari o'rtasida filial birinchiligi musobaqalari bo'lib o'tdi.
Ushbu sport musobaqalari ko'tarinki ruhda, bayramona kayfiyatda va qizg'in bahs-munozalarga boy tarzda o'tdi.
Musobaqa g’olib va sovrindorlari I,II,III darajali diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.



