Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. 
Ushbu tadbirda filialning “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi dotsenti (PhD) U.Azimov tadbir qatnashchilariga o‘zbek davlatchiligining tarixan shakllanishiga Amir Temur qo‘shgan buyuk hissasi, uning siyosiy, diplomatik faoliyati bilan bog‘liq jihatlari, vatanimiz tarixining ikkinchi Renessansi Amir Temur va Temuriylar davriga to‘g‘ri kelishini, ushbu davrda Sohibqiron markazlashgan davlat tizimini yaratganligi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Tadbirda shuningdek tinglovchilar onlayn shaklda ham ishtirok etib ular tomonidan berilgan savollarga U.Azimov tomonidan atroflicha javob berildi.