Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan 2023-yil 26-aprel kuni shoir Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Unda shoirning hayoti va sermahsul ijodiy faoliyati va shoir qoldirgan boy ma’naviy-adabiy merosi haqida fikrlar aytib o’tildi. Shuningdek, Muhammad Yusufning xalqimiz qalbidan munosib va mustahkam oʻrin egallagan madaniyatimiz va adabiy tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutadigan she’rlari o‘qildi.