Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda filialning “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri N.Yuldasheva, Farg‘ona Davlat universiteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi tarix fanlari doktori (DSc) B.A.Usmonov, filial professor-o‘qituvchilari va tinglovchilar ishtirok etishdi.
B.Usmonov o‘zbek davlatchiligining tarixan shakllanishiga Amir Temur qo‘shgan buyuk hissasi, uning siyosiy, diplomatik faoliyati bilan bog‘liq jihatlari, Vatanimiz tarixining ikkinchi Renessansi Amir Temur va Temuriylar davriga to‘g‘ri kelishini, ushbu davrda Sohibqiron markazlashgan davlat tizimini yaratganligi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Tadbirda tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga B.Usmonov tomonidan atroflicha javob berildi.


