Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida mahorat darsi tashkil etildi
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi  355 -sonli qarori 19-bandiga muvofiq, muqobil malaka oshirish talabini bajargan oktabr oyi tinglovchisi, qo‘l jangi bo‘yicha trener Karimov Rustam Arislanovich tomonidan mahorat darsi oʻtkazildi.  
Ushbu mahorat darsida Qo‘l jangining texnikasi  va qonun-qoidalari, musobaqada texnik harakatlar, himoya va hujum usullari bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar va tavsiyalarni berib o‘tdilar. 
Mahorat darsida ushbu trenerlarning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkillandi.