Yangilik haqida batafsil

Farg’ona filialida mahorat darsi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali tinglovchisi Quva tumani sport maktabi  sport akrobatikasi treneri Qodirov Axrorjon Baxritdinovich tomonidan filialning “Sport gimnastikasi” guruhi tinglovchilari  uchun mahorat darsi tashkil qilindi.
Ushbu mahorat darsida A.Qodirov sport akrobatikasi bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar va tavsiyalarni berib o‘tdi.
Mahorat darsida A.Qodirovning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkillandi.