Yangilik haqida batafsil
Farg’ona filialida mahorat darsi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali tinglovchisi Andijon Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi stol tennisi treneri Shiriyev Timur Rafikovich tomonidan filialning “Stol tennisi” guruhi tinglovchilari uchun mahorat darsi tashkil qilindi.
✅Ushbu mahorat darsida T.Shiriyev stol tennisi bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar va tavsiyalarni berib o‘tdi. Mahorat darsida T.Shiriyevning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkillandi.
Shiriyev Timur O‘zbekiston terma jamoasiga 40 nafardan ortiq sportchilarni tayyorlagan.
✅ Xalqaro toifadagi sport ustasi.


