Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida mahorat darsi o‘tkazildi.

 Joriy yilning 18-iyun kuni Farg‘ona filialida  “Sportchilarga beriladigan yuklama va uni organizimiga ta’siri” mavzusida amaliy va nazariy bilimlarga boy mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Mahorat darsini "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi professori Xankeldiev Sh. olib bordi. 
Asosiy maqsad — sportchilarga beriladigan yuklamalarni to‘g‘ri taqsimlash, ularning organizmga ta’siri va fiziologik jarayonlar ustidan nazorat yuritish haqida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘ldi.
Tinglovchilar mahorat darsi davomida yuzaga keladigan real vaziyatlarda qanday yo‘l tutish kerakligini nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar orqali chuqur o‘rganishdi.

Mahorat darsi ishtirokchilari faol muloqotda bo‘lib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.