Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida mahorat darsi o'tkazildi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti  Farg‘ona filialining 2024-yil ish-rejasiga muvofiq xorijiy hamda mahalliy mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu rejaga muvofiq O‘zbekiston futbol  assotsiyasiyasi qoshidagi futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi instruktori Abdumajid Toirov tomonidan filialning futbol guruhi tinglovchilariga "Yosh futbolchilarni musobaqa faoliyatiga tayyorlashda trenerning oʻrni" mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. 
Tinglovchilar o‘zlari qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldilar.