Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida mahorat darsi

Institutning Farg‘ona filiali malaka oshirish kursining yanvar oyi tinglovchisi, Andijon shahar 2-son sport maktabi Badminton sport turidan I toifadagi treneri, Mavlyanova Sharofat To‘lqinovna tomonidan Farg‘ona viloyati Sportning oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida “Badminton o‘yini taktikasi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
Mazkur mahorat darsida Sh.Mavlyanova tomonidan badminton taktikasining eng muhim jihatlarini nazariy va amaliy jihatdan yoritib berildi.