Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida loyiha muhokamasi bo'lib o'tdi.
Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filiali direktori A.Tishabayevning filial tinglovchilar turar joyida ichki imkoniyatdan kelib chiqib,  “HOSTEL” yaratish va qo‘shimcha xonalar tashkil qilish bo‘yicha 2023-yil ish rejasida ko‘zda tutilgan ishlarni amalga oshirish maqsadida OOO “Sharq qurilish Building” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha muhokamasi bo‘lib o‘tdi. 
Unda filial rahbariyati, qurilish uchun mas’ul shaxslar, filial xo‘jalik ishlari mudiri va ishchi xodimlari ishtirok etdi va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha kelishib olindi. Loyiha bo‘yicha batafsil fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi.