Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida “Lider trener” loyihasining navbatdagi seminari tashkillandi.
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan tashkillangan loyiha “Lider-trener” (https://t.me/lidertrenertg) yigirma qadam dasturi asosidagi navbatdagi seminar Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida tashkil etildi.
Seminarda:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-392-son (https://lex.uz/uz/docs/-7221716) qarori bo‘yicha batafsil tushuncha berish va uni amaliyotga joriy qilish;
Lider-trener loyihasining 1-7 qadamlari;
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining kasbiy mahorati, bilim va malakalarini muntazam oshirish hamda ularga metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha batafsil maʼlumotlar berib oʻtildi.


