Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida “Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri bo‘lib o'tdi.
Ushbu tadbirda filial rahbariyati, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va tinglovchilar ishtirok etishdi. Tadbir ishtirokchilari yangi Konstitutsiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishiga, inson qadrini bundanda yuksaltirishga xizmat qilishini ta’kidlab, 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo‘yicha referendumda barchani faol ishtirok etishga chorladilar.


