Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida “Konstitutsiya o‘zimizniki” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida Quvasoy shahar 3-sonli Davlat Maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda “Konstitutsiya o‘zimizniki” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda filial rahbariyati, bo‘lim boshliqlari, Quvasoy shahar 3-sonli Davlat Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari, shuningdek, bir qator professor-o‘qituvchilar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasiga oid mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi hamda barchani 30-aprelga belgilangan Referendumda faol bo‘lishga, ishtirok etishga chaqirdi.
Tadbir soʻngida maʼruzachilar tadbir ishtirokchilarining qiziqtirgan savollariga javob berdilar.