Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida kompyuter savodxonlik darajasini aniqlash tadbirlari o‘tkazildi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida joriy yilning 12-yanvar kuni filial professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari ishtirokida kompyuter savodxonlik darajasini aniqlash tadbirlari hamda sohada zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi. 
Unda “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Q.Mamajonov ishtirokchilarga dars mashg‘ulotlari davomida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda ish faoliyatda zarur bo‘lgan MS Word, Excel, Power Point dasturlari bo‘yicha ishtirokchilarni bilim va ko‘nikmalarini aniqlovchi savol va topshiriqlar orqali ularning bilish darajalari baholandi. Shuningdek, Q.Mamajonov yig‘ilganlarga sohaga oid axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish usullari haqida so‘z yuritdi.