Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida “Kommunikativ qobiliyatni rivojlantirish” mavzusida seminar-trening tashkillandi.

Joriy yilning 12-sentabr kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “Kommunikativ qobiliyatni rivojlantirish” mavzusida seminar trening bo‘lib o‘tdi. 

Psixologik treningni filial “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi, psixologiya f.b.f.d., (PhD) M.Yuldasheva olib bordi. Seminar treningda “Dzyudo” guruhi tinglovchilari qatnashdilar hamda unda “Hayvonlarga hissiy munosabat”, “Shirinlik”, “Zinapoya”, “Temperamentni aniqlash”, “To‘rt usul”, “Ko‘k qush assotsiativ” mashqlaridan foydalanildi.

Treningni maqsadi- tinglovchilarni kommunikativ qobiliyatni rivojlantirish, tabiiy erkinlikni his etishni hamda o‘z guruhida va undan tashqarida o‘zaro munosabat va aloqa o‘rnata olishni shakllantirish.