Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida Ko‘chma mashg‘ulot tashkil etildi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialining “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi A.S.Jaxbarov hamda “Kasb-hunar maktablari” yo‘nalishi “Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari” guruhi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida ko‘chma mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Tinglovchilar ko‘chma mashg‘ulotda Sport gimnastikasida sinxron texnik-taktik harakatlar, o‘quv-mashg’ulot va musobaqalardagi harakat turlari, texnik mahoratni oshirish yo‘llarini takomillashtirish bo‘yicha zaruriy ko‘nikma va bilimlarga ega bo‘ldilar.