Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida kitobxonlik soati tashkillandi.
Kitob — insonning eng yaqin do'sti va maslahatchisi, aql qayrog'i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbaidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob maxsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” gi PQ-3271- sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona filialida joriy yilning 20-dekabr kuni filial axborot resurs markazi boshlig‘i G.Matkarimova tomonidan filial professor-o'qituvchilari hamda xodimlari ishtirokida kitobxonlik soati tashkillandi.


