Yangilik haqida batafsil

Farg‘ona filialida kitobxonlik soati tashkillandi.
Kitob — insonning eng yaqin do'sti va maslahatchisi, aql qayrog'i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbaidir.
O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi  “Kitob  maxsulotlarini  chop  etish  va  tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik  madaniyatini  oshirish  hamda  targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” gi PQ-3271- sonli qarori ijrosini ta’minlash  maqsadida Farg‘ona filialida joriy yilning 4-noyabr  kuni filial axborot resurs markazi boshlig‘i G.Matkarimova tomonidan filial professor-o'qituvchilari hamda xodimlari ishtirokida kitobxonlik soati tashkillandi.