Yangilik haqida batafsil
Fargona filialida Kitobxonlik kuni
O‘zbekiston Respublikasi Sport Vazirligi topshirig‘i bilan kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda, kitobxonlikka doir targ'ibot ishlarini tizimli va samarali tashkil etish maqsadida juma kuni “Kitobxonlik kuni” deb belgilandi. Shu munosabat bilan, institutning Farg‘ona filiali axborot resurs markazi bo‘limi boshligʻi G.Matkarimova tomonidan sentabr oyi tinglovchilari ishtirokida kitobxonlik soati tashkillandi.
Kitobxonlik soatida kutubxona fondidagi sohaga oid, badiiy, siyosiy adabiyotlar tanishtirildi hamda kitob mutolaasi tashkillandi.


