Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida kitoblar va kitobxonlar soni yanada ko'paymoqda.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida axborot resurs markazi mavjud bo‘lib, hozirda umumiy fondi 5388 donani tashkil etadi. Bundan: badiiy adabiyotlar soni 499 ta, siyosiy adabiyotlar soni 1018 ta, o‘quv-me’todik qo‘llanmalar soni esa 3871 tani tashkil qiladi. Bundan tashqari filialda elektron kutubxona shakllantirilib, https://t.me/farsportedu_e_library telegram kanaliga 1400 dan ortiq kitoblarning elektron varianti hamda sporteduff.uz rasmiy saytining kutubxona bo‘limiga ham turli xildagi kitoblar, o‘quv rejadagi modullar bo‘yicha dasturlar, ishchi dasturlar, slaydlar, testlar, elektron darsliklar, o‘quv-uslubiy majmualar joylashtirilgan va munta’zam ravishda yangi ma’lumotlar bilan boyitib borilmoqda.


