Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida kitoblar ko'rgazmasi tashkillandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-3271-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida filial Axborot resurs markazi boʻlimi boshligʻi G.Matkarimova tomonidan joriy yilning 8-aprel sanasida aprel oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Kitoblar koʻrgazmasi” tashkil etildi.
Ko‘rgazmada tinglovchilar filial kutubxonasidan joy olgan adabiyotlar, o‘quv-qo‘llanma va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar hamda jismoniy tarbiya va sportga oid, jahon adabiyoti , siyosiy va badiiy adabiyotlar joylangan QR-kodli elektron kitoblar joylashgan maxsus stend-javonlari bilan tanishtirildi.


