Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida kitoblar ko'rgazmasi tashkillandi
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017-yil 13-sentabrdagi "Kitob mahsulotlarini  chop  etish  va  tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik  madaniyatini  oshirish  hamda  targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida"gi PQ-3271- sonli qarori ijrosini ta’minlash  maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini  oshirish instituti Farg'ona  filialida filial Axborot resurs markazi bo'limi boshlig'i G.Matkarimova tomonidan joriy yilning 11-dekabr kuni dekabr oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Kitoblar ko‘rgazmasi” tashkil etildi.
Ko‘rgazmada tinglovchilar filial kutubxonasidan joy olgan  adabiyotlar, o‘quv-qo‘llanma  va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar  hamda  jismoniy tarbiya va sportga oid, jahon adabiyoti, siyosiy va badiiy adabiyotlar joylangan filial elektron kutubxonasi bilan ham tanishtirildi.