Yangilik haqida batafsil
Farg'ona filialida kitoblar ko'rgazmasi tashkillandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida"gi PQ-3271- sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filialida filial Axborot resurs markazi bo'limi boshlig'i G.Matkarimova tomonidan joriy yilning 10-oktabr kuni oktabr oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Kitoblar ko‘rgazmasi” tashkil etildi.
Ko‘rgazmada tinglovchilar filial kutubxonasidan joy olgan adabiyotlar, o‘quv-qo‘llanma va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar hamda jismoniy tarbiya va sportga oid, jahon adabiyoti, siyosiy va badiiy adabiyotlar joylangan QR-kodli maxsus elektron kutubxonasi bilan ham tanishtirildi.



