Yangilik haqida batafsil
Farg‘ona filialida kitoblar ko'rgazmasi tashkillandi.
Kitob tafakkur va qalb ehtiyojini qondiruvchi omil sifatida inson ruhini tarbiyalaydi. Farg‘ona filialida joriy yilning 5-may kuni filial Axborot-resurs markazi bo'limi boshlig'i G.Matkarimova tomonidan may oyi malaka oshirish kursi tinglovchilariga “Kitoblar ko‘rgazmasi” tashkillandi.
Tinglovchilar kutubxona fondidan joy olgan barcha turdagi o‘quv-uslubiy majmualar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, izohli lug‘atlar, siyosiy-badiiy adabiyotlar bilan tanishdilar. Shuningdek institut va filialning elektron kutubxonasi haqida ham ma’lumotlarga ega bo’ldilar.


