Yangilik haqida batafsil

Farg'ona filialida kitoblar ko‘rgazmasi tashkillandi.
“Kitob — bilim manbai”, deymiz. Bu isbot talab qilmas haqiqat. Zero, inson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi. Yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayadi, hayotga munosabati oʻzgaradi.
Kitob — qalb chirogʻi, tafakkur qanoti. Ayniqsa, kitobdan taraladigan va elektron nashrdan topib boʻlmaydigan oʻziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida moʻjizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan koʻngil cheksiz zavqqa toʻlgan holda kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haqida tengdoshlar bilan fikr almashishning huzur-halovati tamoman oʻzgachadir.
Kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida Farg‘ona filiali Axborot resurs markazi boshlig‘i G.Matrarimova tomonidan fevral oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida  kitoblar ko‘rgazmasi tashkillandi.